Manikyur haqida bilishiingiz lozim bo`lgan 8 ma`lumot

09:10, 04 oktabr
  1. Tirnoq uchun lakni qorong`u va salqin erda saqlash lozim. Masalan muzlatkichda.
  2. Aslo uni silkita ko`rmang. Buning o`rniga lak idishini kaftlaringiz orasiga olib ishqalang. Shunda bo`yalgan tirnoqlarda pufakchalar hosil bo`lmaydi.
  3. Tez quriydigan laklardan ehtiyot bo`ling. Qadog`ida “60 soniyada manikyur” deb yozilgan laklar tarkibidagi tez qurishini ta`minlovchi moddalar tirnoq plastinasiga ziyon etkazadi.
  4. Doim tirnoq atrofidagi terini yumshatib turing. Buning uchun maxsus moylar mavjud. Bu manikyuringiz ozoda ko`rinishiga yordam beradi.
  5. Rangli lak surtishdan avval asos sifatida oq yoki teri rangidagi lakdan surtsangiz, manikyuringiz yanada yorqin ko`rinadi.
  6. Tirnoqlarni bir yo`nalish bo`ylab egovlash lozim. Aks holda ular qavat-qavat bo`lib noxushlik tug`diradi.
  7. Lakni ketkazish vositalari tarkibida aseton bo`lmasligiga e`tibor qarating. Aseton tirnoqni quritib, plastinalarga ziyon etkazadi.
  8. Bo`yoqdan oson xalos bo`lish uchun paxtali cho`pni lakni ketkazish vositasiga botirib oling va tirnoq ustidan yurgazing. Bir necha soniyadan so`ng uni salfetka yordamida artib olsangiz bo`lgani.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!