Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA seminari bo`lib o`tadi

09:11, 04 oktabr

4 – 8 oktyabr kunlari Toshkentda futbol hakamlari uchun FIFA o`quv-kurslari o`tkaziladi. O`quv-seminar kurslarining ochilish marosimi 4 okyatbr, soat 9:00 da, “Ramada” mehmonxonasida bo`lib o`tadi. Shundan so`ng nazariy va amaliy mashg`ulotlar boshlanadi.

O`quv mashg`ulotlari FIFA instruktorlari Ali Al Tarayfi (Saudiya Arabistoni) hamda Holidiy Sufiyon (Malayziya) tomonidan olib boriladi.

5 kun davom etadigan ushbu o`quv kurslarida hakamlarning jismoniy holati, o`yin davomida yuzaga keladigan turli bahsli vaziyatlar muhokamalari bo`lib o`tadi. Xususan, o`yindan tashqari holat, jarima maydoni ichidagi qoida buzilishlari, to`qnashuvlardan so`ng qabul qilinadigan qarorlar, to`pni qo`l bilan o`ynash kabi holatlar bo`yicha maxsus seminarlar o`tilib, jamoaviy muhokamalar o`tkaziladi.

Seminarlarda ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishlari mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!