Bo`yin terisini yoshartiruvchi 5 niqob

09:51, 04 oktabr

Yoshlikni asrab qolish uchun bo`yin sohasi terisi parvarishini ham esdan chiqarmaylik

Yoshartiruvchi niqob

2 osh qoshiq tvorog bilan 1 choy qoshiq mayda dengiz tuzi va 2 choy qoshiq o`simlik yog`ini aralashtiramiz. Agar teri yog`li bo`lsa, zaytun moyidan foydalanish mumkin. Yarimta apelsinning sharbatini siqib, aralashmaga tomizib, yaxshilab qorishtiriladi. Tayyor niqobni toza teriga 20 daqiqaga surtib qo`yasiz. So`ng iliq suvda yuvib tashlaysiz.

Tekislovchi niqob

Bitta tuxum oqini yarimta limon sharbati qo`shib ko`pirtiring va 1 choy qoshiq o`simlik yog`i soling. Hammasini aralashtiring. Niqobning yanada samarali bo`lishi uchun biroz dengiz yoki osh tuzi qo`shish mumkin. Niqobni ko`krak va bo`yin terisiga surtib, 15-20 daqiqadan so`ng iliq suvda yuvib tashlanadi. So`ng sovutilgan ko`k choy yoki bir necha tomchi limon suvi bilan artiladi.

Oqartiruvchi niqoblar

  • 1 osh qoshiq tvorogga bir necha tomchi limon sharbati tomizing. Bo`yin, ko`krak va elka sohasiga 15-20 daqiqaga surtib qo`ying. So`ng iliq suvda yuvasiz.
  • Elka va ko`krakning yuqori qismini smetana, kefir, sut hamda hech qanday qo`shimchalar solinmagan yogurt bilan uqalashingiz mumkin. 15-20 daqiqadan so`ng yuvib tashlaysiz.

Kompress-niqob

1 choy qoshiq asalni bitta tuxum sarig`i bilan aralashtirib, 1 choy qoshiq sariyog` qo`shiladi. Aralashmani oldindan tayyorlab qo`yilgan matoga solib, bo`yinga o`rab, ustidan bint bilan bog`lab qo`yiladi. 20 daqiqa o`tgach, matoni olib tashlab, iliq suvda yuviladi. So`ng oziqlantiruvchi krem surting.

Oziqlantiruvchi niqoblar

  • Bodring bo`lagini mayda tishli qirg`ichdan chiqarib, bir necha tomchi asal tomizing. Hosil bo`lgan aralashma bo`yin sohasiga surtiladi. 10 daqiqadan so`ng sovuq suvda yuvib tashlanadi. Teri oqarib, nafis ko`rinishga ega bo`ladi.
  • Bananni ezib, bo`tqa holiga keltiring. 2 osh qoshiq tvorog va tuxum sarig`i qo`shing. Hammasini yaxshilab aralashtiring. Niqobni 20 daqiqaga surtib qo`ying, so`ng iliq suvda yuving. Bu amal terini yumshatib, mayinlashtiradi.
  • Agar vaqtingiz juda oz bo`lsa, terini bir-ikkita uzum donachasi sharbati bilan artish mumkin. 10 daqiqadan so`ng niqob iliq suvda yuviladi. Teri sezilarli darajada yosharadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!