Mazali nonushta uchun 5 taklif!

10:07, 04 oktabr

QUSh UYaSI

Mini keks qolipini yog`lab, har biriga chaqilgan tuxumni soling. Ustidan qirg`ichdan chiqarilgan pishloq va non bo`lagini joylang. Masalliqni qizdirilgan gaz pechiga qo`yib, 15 daqiqaga qoldiring. Tayyor bo`lgach, likopchalarga solib smetana bilan birga dasturxonga tortiq qilasiz.

 

LIMON VA MAKLI QUYMOQ

3 dona atalangan tuxumga, 500 litr sut, yarim st.shakar, pichoq uchida tuz va iste`mol sodasi, bitta limon sharbati va ivitilgant makni qo`shing. Aralashtirigach, un va yog` solasiz. So`ng qizdirilgan tovada ikki tarafini  qizartirib pishiring. Limon va makli quymoq smetana yoki qaymoq bilan tortiq etiladi.

 

TVOROGLI OLADI

3 dona tuxumni atalab, 200 gr tvorog, 2-3 osh qoshiq shakar va 100 gr sutni qo`shing. Barchasini aralashtirib, 150-200 gr un soling. Tayyor aralashmani qo`lingizda xasip shakliga keltirib, bir barmoq qalinligida kesib chiqing. µar bir bo`lakni unga belab, o`simlik yog`i solingan tovada qizartirib qovurasiz. Pishishi bilan likopchaga tering-da, ustidan smetana quying.

 

KO`KATLI TOBLAMA

6 dona tuxumni atalab, ichiga yarim bog`dan to`g`ralgan ko`k piyoz, shivit va kashnichni qo`shing. 1 osh qoshiq un va bir chimldim tuz solib, aralashtiring. Ta`bga ko`ra 100 gr qirg`ichdan chiqarilgan pishloq qo`shsa ham bo`ladi. Aralashmani 100 gr o`simlik yog`i solingan tovaga quyib,yuzasini tekislang-da, ikki tarafini  qizartirib oling.

 

TUXUMLI NON

Buxanka nonini uchburchak shaklda kesib oling. µuddi shu shaklda kesilgan pishloq va kolbasa bo`lagini ikkita non o`rtasiga joylang. So`ng atalangan tuxumga bilab, qizdirilgan yog`da qovurib olasiz. Pishloq asta erib, non bo`laklarini bir-biriga «elimlaydi». 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!