Qo`shiqchi Toni Brekston kasalxonaga yotkizildi

10:31, 04 oktabr

Mashhur qo`shiqchi Toni Brekston Los-Anjelesda surunkali autoimmun xastaligining huruj qilishi bilan kasalxonaga yotkizildi.

2010 yilda yulduz jurnalistlarga teri sil kasalligi bilan xastalanganligi haqida xabar bergandi.

U kasalxonada to`rt kun o`tkazdi, tez orada esa yana konsert repetisiyalariga kirishmoqchi.

Toni Brekston 1990 yillarning eng omadli amerikalik qo`shiqchilaridan. Uning ilk «Toni Braxton» albomi amerikaning Billboard 200 chartida yuqori pog`onani zabt etib, uchta Grammy mukofotini qo`lga kiritgan hamda sakkizkarra platinali sifatida sertifikatlangan.

Uning har bir plastinkasidagi qo`shig`i Billbord va Hot R&B/Hip-Hop Songs Amerika chartlaridan joy olib kelgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!