Xavi Ronalduning “Oltin to`p”ni yutib olish imkoniyatlarini yuqori baholadi

11:02, 04 oktabr

Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq yarim himoyachisi, hozirda Qatarning “Al-Sadd” jamoasi a`zosi Xavi “Real” etakchisi Krishtianu Ronaldu bu yil “Oltin to`p” mukofotini yutish uchun yaxshi imkoniyatga ega ekanini ta`kidladi.

“Ronaldu “Oltin to`p”ni yutishi uchun statistikasi yaxshi. U Evropa chempionlar ligasi g`olibi va Evropa chempioni bo`ldi. Ammo baribir mukofot uchun kurash qizg`in kechadi. Messi har galgidek Krishtianuga raqobatchilik qiladi”, – dedi Xavi.

Ma`lumot uchun, “Barselona” etakchisi Messi 5 karra, Ronaldu esa 3 karra “Oltin to`p” sohibi bo`lgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!