Yaponiyada robot- chaqaloq ixtiro qilindi

11:15, 04 oktabr

Yaponiyada robot bola ixtiro qilindi, deb xabar beradi “Lenta.ru” nashri.

U Kirobo Mini (kiro — umid va robot — robot) deb atalgan androidni Toyota Motor kompaniyasi mutaxassislari yaratishdi. O`tirgan holatda robot-bolaning bo`yi o`n santimetrni tashkil qiladi. U besh yoshli bolaning sun`iy intellektiga ega bo`lib, videokamera va ovozli sintezator bilan ta`minlangan.

Kamera unga murojaat qilayotgan odamning yuzini ko`rishiga va savolga mos tarzda javob berishiga yordam beradi. Ovozli sintezator esa yosh bolaning ovozini beradi. Bundan tashqari robot bola engil tebranishni va ko`zlarini pirpiratishni ham biladi.

G`oya mualliflari robot-bolaning nutqidagi kamchiliklar ota-onalar va bola o`rtasida emosional aloqani mustahkamlashga xizmat qiladi, deb hisoblamoqda.

Bunday robot-bolaning yaratilishiga kunchiqar mamlakatida so`nggi 50 yil mobaynida tug`ilishning ikki barobar (taxminan bir yilda million nafar bolaga) kamayib ketganligi  sabab bo`lgan. Ixtirochilarning fikricha, Kirobo Mini befarzand oilalardagi psixologik muammolarning oldini olishda katta yordam beradi.

Toyota saytida xabar berilishicha, Kirobo Mini gapirishni, his-tuyg`ularga javob berishni bilgani uchun ham yolg`iz yashovchi odamlarga yaxshi hamroh bo`ladi.

Kirobo Mini ni 2017 yilda Yaponiyada savdoga chiqarish rejalashtirilgan. Uning narxi 39 800 iena (390 dollar) deb belgilangan. Robot-bolaning boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqishi haqida ma`lumot berilmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!