Qanday ayollarning sevgi bobida omadi chopadi?

11:52, 04 oktabr

Qanchalik g`alati eshitilmasin, insonning muhabbat borasida omadi chopmasligi o`ziga bog`liq. Yolg`izlikdan qutulib, baxtli hayot kechirish, ko`nglingizga yoqadigan odamni uchratish, o`z qo`lingizda! AdMe.ru nashri “Eh, muhabbat bobida shu ayolning omadi chopganda!” deb gapiriladigan ayollar haqida ma`lumot beradi.

Bir marta xato qilgan odam kelajakda yana shu xatoning takrorlanishidan qo`rqadi. Muhabbat bobida omadi kelgan ayollar esa bu xatolardan saboq olib, ularning takroran ro`y berishiga yo`l qo`ymaydi.

O`tmishingizni qo`yib yuboring va xatolaringizga qimmatli hayotiy tajriba deb qarang

Hayotimizda ro`y bergan voqealar bizga ko`p narsani o`rgatadi, ularning sharofati bilan hayotiy tajribamiz oshadi. O`tmishda hayotingizda ro`y bergan voqealardan kelajakda o`zingizga foydasi tegadiganini ajratib oling. Endi siz eng yuqori pog`onaga ko`tarildingiz, yangi munosabatlar batamom pishiq-puxta va bekamu-ko`st bo`ladi.

 

Aksariyat ayollar ota-onasining hayotini o`ziga namuna qilib, juftiga shu tarzda muomala qilishadi. Agar qizning onasi eridan ko`ngli qolib, yaxshi hayot kechirmagan bo`lsa, qizining ham shaxsiy hayoti muammoga to`la bo`ladi. 

Ammo har bitta odam o`ziga xos, individual bo`lgani uchun hayotda ham o`zi mustaqil fikr yuritishi lozim. Mabodo, oilaviy hayotingiz ota-onangizning turmushini yodingizga soladigan bo`lsa, to`xtang, vaqt borligida nima uchun bunday bo`layotgani haqida o`ylab ko`ring. Vaqtni boy bermay, turmush o`rtog`ingizga nisbatan munosabatingizni o`zgartiring, o`tmish xotiralaridan qutulib, faqatgina o`zingizga tegishli bo`lgan shaxsiy munosabatlaringizni yo`lga qo`ying. 

 

O`ziga yuqori baho berish Er yuzida yashovchi barcha insonlarga xos muammodir. Ba`zi ayollar juftining hisobiga o`ziga yuqori baho berib, katta xatoga yo`l qo`yadilar. Bu erda ikki yo`l bor, ammo ularning har ikkalasi ham yaxshilikka olib kelmaydi:

•  Ular juftining yuqori martabaga ko`tarilishiga yordam berib, o`zlariga past baho berishadi va o`zini unga tobe hisoblashadi. Hamma tomonlama yordam berishga harakat qilishadi.
•  Ba`zi ayollar esa turmush o`rtog`ini erga urish hisobiga o`zlarining bahosini oshiradi.

O`zingizga juftingizning hisobidan yuqori baho bermang.  Yaxshisi, fitnes yoki raqs bilan shug`ullaning, yaqin do`stlaringiz bilan uchrashib, suhbatlashing. Shundan keyin qanday qilib kayfiyatingiz ko`tarilganini va o`zingizga nisbatan ishonch paydo bo`lganini sezmay qolasiz.

 

Juftingizni barcha nuqsonlari va kamchiliklari bilan qabul qilishni o`rganing, uni o`z ehtiyojlaringizga moslab o`zgartirishga harakat qilmang.

Turmush o`rtog`ingizning ojiz tomonlarini ko`rmaganlikka oling, uni noqulay ahvolga soluvchi vaziyatlardan qoching. Xushmuomala bo`ling, uning kuchli tomonlariga diqqatingizni qarating.

Juftingizning fe`l-atvori orzungizdagi ideal erkakning tabiatiga mos kelmasa, uni qayta tarbiyalashga, boshqa odamga aylantirishga intilmang. Uni o`z qiziqishlari, xohishlari bilan yashashiga imkon bering. Turmush o`rtog`ingizning qiziqishlarini qo`llab-quvvatlang, uni rag`batlantiring.

 

Ba`zi juftliklarda juftlardan biri ikkinchisining qiziqishlari, muammolari bilan yashaydi. U juftining hayoti, his-tuyg`ulari bilan yashagani bois, o`ziniki ahamiyatsiz tuyuladi.

Siz bilan bunday hol ro`y bermasligi uchun quyidagilarga e`tiborli bo`ling:

•  O`zingizga qiziqarli xobbi toping. Har bir odamning o`z qiziqishlari bo`lishi, munosabatlar uchun juda foydalidir.

•  Distansiya saqlang: juftingizga erkinlik va har doim birinchi bo`lib o`zi qo`ng`iroq qilish imkonini bering. Barcha tashabbusni uning elkasiga ortib qo`ymang, ba`zan o`zingiz ham faol bo`ling.

•  Eski do`stlaringiz, dugonalaringizning oilasi bilan muloqotda bo`ling. Ular bilan uchrashib, kechalar tashkil eting.

•  O`zingizga baho berish usulini toping: bu haqda yozilgan maqolalarni, maxsus adabiyotlarni o`qing. Qiyin vaziyatlarda psixologga uchrashishdan tortinmang.

Baxtli bo`lishimiz omadga emas, balki bizning niyatlarimiz, tilaklarimizga bog`liqdir. Hayotimizda haqiqiy muhabbatning paydo bo`lishi, uni saqlab qolishimiz ham o`z qo`limizdadir.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!