Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tuzilmasi o`zgartirildi

11:58, 04 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (pdf) bilan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga qisman o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Vazirlik boshqaruv xodimlari to`rt kishiga qisqartirildi (43 dan 39 kishigacha).

Markaziy apparat xodimlarining umumiy soniga qo`yilgan cheklov olib tashlandi (avval 59 kishi edi). Bu xizmat ko`rsatuvchi va texnik xodimlar sonini o`rnatilgan me`yorlarga muvofiq aniq belgilash imkonini beradi.

Ilgari bevosita vazirga bo`ysungan oliy ta`lim boshqarmasi vazirning birinchi o`rinbosari ixtiyoriga o`tdi va sezilarli o`zgarishlarga uchradi. Uning bazasida ikkita bosh boshqarma shakllantirildi, bular — Kadrlar tayyorlash va oliy ta`lim muassasalarini tashkiliy-metodik ta`minlash bosh boshqarmasi hamda Yangi dasturlar va o`quv adabiyotlarining joriy etilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!