Milliy g`oya targ`ibotiga oid risolalar turkumi chop etildi

13:30, 04 oktabr

Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan milliy istiqlol g`oyasiga taalluqli asosiy tushuncha va tamoyillar haqida ma`lumot beruvchi risolalar nashr qilindi, deb yozadi O`zA. 

«Yurt tinchligi», «Vatan ravnaqi», «Xalq farovonligi», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo totuvlik», «Dinlararo bag`rikenglik», «Komil inson» deb nomlangan mazkur risolalarda O`zbekistonda yurt tinchligi, taraqqiyoti yo`lida ijtimoiy hamkorlik asosida amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyatda millatlar va dinlar o`rtasidagi o`zaro totuvlik muhitini mustahkamlash, yosh avlodni komil shaxs etib tarbiyalashga xizmat qilayotgani e`tirof etilgan.

Milliy g`oya ro`yobi sodda, hayotiy va ta`sirchan misollar yordamida tushuntirilgan ushbu risolalar ma`naviyat targ`ibotchilari uchun mo`ljallangan bo`lib, ularda istiqlolning shonli 25 yillik davri mobaynida O`zbekistondagi islohotlarning mazmun-mohiyati, yosh avlod hayoti, taqdiridagi o`rni va ahamiyati sodda, ravon, xalqchil tilda ifoda etilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!