Slovakiyada o`tkazilgan lo`lilarning dabdabali to`yi internetda shov-shuvga sabab bo`ldi

13:39, 04 oktabr

Slovakiyada bo`lib o`tgan, 20 yoshli Lukas va 19 yoshli Evkalarning nikoh to`yi o`zining dabdabasi, serhashamligi va pulning sochilishi bilan Internetda xitga aylandi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.

Sentyabr oyida, Slovakiyada bo`lib o`tgan nikoh to`yidan olingan videolavhalarni kelin-kuyovlarning o`zlari internetga joylashtirgan.

Videorolikni minglab foydalanuvchilar tomosha qilgan, kelin-kuyovning o`zi ham bunday natijani kutmagandi. Videoning bir qancha nusxalari internetda shamol tezligida tarqalgan. To`y o`zining dabdabasi, to`kin dasturxoni, kelin-kuyovning oltin bilan ishlov berilgan liboslari, ularga qistirilayotgan 500 evroli kupyuralari bilan kishini hayratga soladi. Ortiqcha hashamatni hajviya qilayotgandek ko`ringan bu lavhalar aslida real hayotda ro`y bergan.

Kelin boshdan oyoq 500 evroli pullarga burkangan. Bu voqea internetda foydalanuvchilarning “qizg`in” tortishuviga sabab bo`ldi. Ularning aksariyat qismi lo`lilarning to`yi oddiy odamlardan farqli ravishda har doim shunday dabdaba bilan o`tishini ta`kidlagan.

Professional tasvirchilar kelin-kuyovning tanishuvi haqida romantik video-rolikni suratga olishgan. Yosh Romeoning bo`ynidagi ulkan tillo xoch va “nozikkina” Julettaning salmoqli nikoh uzugi foydalanuvchilarning kinoyali izohlariga sabab bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!