Rashk qilasizmi? O`zingizni sinab ko`ring!

14:21, 04 oktabr

Savollarga faqat «x yoki «yo`q» deb javob bering.

1.     Agar turmush o`rtog`ingiz sizning yoningizda begona ayolga nazar tashlasa, ko`chada bo`lsangiz ham janjal uyushtirasizmi?

2.     Agar sevgilingiz siz bilan uchrashuvga kech qolayotgan bo`lsa, siz uni boshqa ayol bilan birga deb o`ylaysizmi?

3.     Ishxonasidagi ayollar haqida so`rab turasizmi?

4.     Bo`sh vaqtingizni turmush o`rtog`im bilan o`tkazishim kerak deb o`ylaysizmi?

5.     Siz uning shaxsiy narsalarini tekshirib (titkilab) turasizmi?

6.     Tuyg`ulari haqida gapiradimi?

7.     U sizning qiziqishlaringizga befarq bo`lmasligi kerak, deb o`ylaysizmi?

8.     Qaerga ketayotgani, kim bilan uchrashayotgani to`g`risida so`roqlab turasizmi?

9.     Xafalashib qolganingizda, bir necha kunlab gaplashmay yurishingiz mumkinmi?

10.   Uning o`tmishi haqida ko`p o`ylaysizmi?

11.   U sizga ishongani uchun sizni rashk qilmasligini aytdi. «Meni sevmay qo`yibdi» deb o`ylab qolasizmi?

Javoblar orasida «h ni hisoblab chiqing.

10 va undan ortiq «ha» javobini bergan «rashkchi» xonimlar diqqatiga: sizning rashkingiz kasallik darajasiga etgan. Sevgan insoningizni faqat sizgagina tegishli bo`lishi kerak deb o`ylaysiz. O`zingizni ko`rimsiz, hunukman, mendan chiroyli bir xurliqo erimni tortib oladi degan hadikda yashaysiz. Turmush o`rtog`ingizga umuman ishonmaysiz. Bunchalik rashkchi bo`lish yaxshilikka olib kelmaydi. Begingizga ishoning, axir shuncha xurliqolar ichidan u sizni tanladi.

5-9  «Ha» javobi uchun: sizga rashk tuyg`usi yot, desa ham bo`ladi. Ammo hammasini yig`ib yuribsiz va vaqti bilan portlab turasiz. Lekin tinchlanib olganingizdan so`ng, rashk qilishga hech qanday asos bo`lmaganini o`ylab, afsuslanasiz.  Rashkingizni keltirgan narsalar haqida turmush o`rtog`ingiz bilan xotirjam gaplashib oling.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!