Jinoyat va jazo: Rossiyada jazolashning yangi turi paydo bo`ldi

14:26, 04 oktabr

2017 yilning 1 yanvaridan boshlab Rossiyada jinoiy javobgarlikka tortilishning yangi ko`rinishi paydo bo`ladi. Endi jinoiy jazoga hukm etilganlar qamoqqa emas, balki majburiy ishlarni bajarish markaziga yuboriladi, deb xabar berdi “Vesti.ru”  nashri.

Jinoyatchilarni majburiy ishlarga jalb etish uchun maxsus axloq tuzatish markazlari barpo etiladi. Bunday markazda spirtli ichimliklarni, giyohvand moddalarni iste`mol qilish, tatuirovka chizdirish, o`yin kartalarini saqlash taqiqlanadi.

Axloq tuzatish markazlarida qamoqxonadagi kabi qo`riqchilar bo`lmaydi. Ammo markazda jazoni o`tayotganlar faqatgina ma`muriyatning ruxsati bilangina markaz hududini tark etishlari mumkin. Agar ularga markazdan tashqarida yashashga ruxsat berilgan bo`lsa, 4 oyda bir marta kelib, ro`yxatdan o`tishadi.  

Jazoni ijro etish federal xizmati majburiy ishga jalb etilgan vaqtda yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklar natijasida majburiy ishlash jazosini qamoq jazosiga almashtirish mumkin bo`lgan holatlar ro`yxatini e`lon qildi. Ularga spirtli ichimlik ichish, giyohvand modda iste`mol qilish, ma`muriyat talablariga bo`ysunmaslik, markazdan ruxsatsiz chiqib ketish, aytilgan vaqtdan kech kelish va mayda bezoriliklar kiritilgan.

Jamoat tartibini buzgan, markazda yashash tartib-qoidalariga rioya qilmagan shaxslarga  xayfsan beriladi. Ular qonunbuzarlar saqlanadigan boshqa binoga ko`chirilishlari mumkinligi belgilangan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!