Turkiyada darvozabon maydon markazida taniqli Eto'Oni chiroyli usulda aldab o`tdi (Video)

14:33, 04 oktabr

Turkiya chempionatining navbatdagi turida "Galatasaroy" va "Antalyaspor" uchrashuvi ancha shov-shuvga sabab bo`ldi, deya xabar bermoqda “Sports.uz”.

Mezbonlarning 3:1 hisobidagi g`alabasi bilan yakunlangan uchrashuvning o`rtalarida "Galatasaroy"ning urugvaylik posboni Fernando Muslera raqib hujumchisidan oldin to`pga tashlandi va to`pni qabul qilishda xatoga yo`l qo`yib, uni qo`ldan chiqardi. Biroq tajribali posbon dovdirab qolgani yo`q va ortga qaytish o`rniga maydon markaziga borib tushgan to`pga intildi. Musleraning oldida mashhur hujumchi Samuel Eto'O turardi.

Urugvaylik darvozabon Afrikaning to`rt karra eng yaxshi futbolchisini chaqqon harakatlari bilan aldab o`tib, keskin vaziyatni bartaraf etdi va muxlislar olqishiga sazovor bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!