Avstraliyada g`orni eslatuvchi uy sotuvga qo`yildi. Foto.

15:12, 04 oktabr

Avstraliyada g`orni eslatuvchi uy sotuvga qo`yildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. Uyning egasi Ian Makkoll uni 1991 yilda qurishni boshlagan. Uy mashhur “Flinstounlar” multfilmdagi g`or odamlari istiqomat qiladigan uyni eslatadi. 

G`or-uyni qurish uchun 50 tonna qoya tosh zarur bo`lgan. Makkoll toshlarni bir-biriga sement bilan qotirgan. Tabiiy yog`ochlar esa tom vazifasini o`tagan.

Uyda beta yotoqxona, uchta vanna mavjud bo`lib, u 647 ming dollarga baholangan. Uy egasi  kichikroq uyga ko`chib o`tish istagida g`or-uyni sotuvga qo`ygan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!