O`zbekiston – Eron uchrashuvini boshqarish Benjamin Uilyamsga topshirildi

15:18, 04 oktabr

Jahon chempionati–2018 saralashining uchinchi bosqichi “A” guruhi 3-turidan o`rin olgan O`zbekiston – Eron uchrashuvini Benjamin Uilyams boshchiligidagi avstraliyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi.

6 oktyabr kuni Toshkentda bo`lib o`tadigan ushbu o`yinda Uilyamsga qanotlarda vatandoshlari Devid Uelsh hamda Natan Makdonald yordam beradi. To`rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

Mazkur uchrashuv nazoratchisi sifatida Birlashgan Arab Amirliklaridan Salim Said Alsuvaydi tayinlangan bo`lsa, falastinlik Jabril Ali komissar sifatida ishlaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!