O`zbekiston U-19 terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma`lum

16:20, 04 oktabr

O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibni e`lon qildi.

Avvalroq xabar berilganidek, 13 oktyabr kuni Bahraynda U-19 yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati o`yinlari start oladi. Mazkur turnirda ishtirok etadigan O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi 5 oktyabr kuni BAAning Dubay shahriga jo`nab ketadi. Terma jamoa Dubay shahrida bir hafta davomida yig`in o`tkazadi va Bahraynga yo`l oladi.

Bugun mazkur terma jamoa murabbiylari va futbolchilari O`FF anjumanlar zalida Osiyo chempionatiga jo`nab ketish oldidan O`FF rahbariyati bilan uchrashdi. Yig`ilishda, murabbiylar, futbolchilar Osiyo chempionati o`yinlarida munosib ishtirok etishga harakat qilishlarini tak`idlashdi.

O`zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jasur Abduraimov mazkur turnirga jami 22 nafar futbolchini tarkibga kiritgan.

O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatida ishtirok etadigan tarkibi:

Darvozabonlar

Ism-familiyasi

Tug`ilgan yili

Klubi

Hamroev Umidjon

1997

“Paxtakor”

Raimov Shohruxjon

1997

“Paxtakor”

Ergashev Umidjon

1999

“Nasaf”

Himoyachilar

Ism-familiyasi

Tug`ilgan yili

Klubi

G`ofurov Husniddin

1997

“Neftchi”

Avilov Hushnudbek

1998

“Paxtakor”

Qobilov Islomjon

1997

“Metallurg”

Rustamov Oybek

1997

“Qo`qon-1912”

Suyunov Aziz

1997

“Olmaliq”


 Yarim himoyachilar

Ism-familiyasi

Tug`ilgan yili

Klubi

Mahmudhojiev Shohrux

1998

“Paxtakor”

Muhiddinov Sharof

1997

“Nasaf”

Qodirqulov Sanjar

1997

“Bunyodkor”

G`aniev Aziz

1998

“Nasaf”

Nurulloev Suhrob

1998

ROZK

Davlatjonov Saidjamol

1997

“Dinamo”

Ibragimov Doston

1997

“Dinamo”

Alijonov Hojiakbar

1997

“Paxtakor”

Yusupov Jamshid

1997

“Paxtakor”

To`xtasinov Nurillo

1997

“Bunyodkor”

Hujumchilar

Ism-familiyasi

Tug`ilgan yili

Klubi

G`anijonov Behzod

1998

“Qizilqum”

Yaxshiboev Jasurbek

1997

“Paxtakor”

Esonqulov Javohir

1997

“Metallurg”

Abduholiqov Bobur

1997

“Nasaf”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!