Krishtianu Ronaldu ikkinchi mehmonxonasini ochdi (Video)

16:59, 04 oktabr

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu o`zining ikkinchi CR7 mehmonxonasini ochdi. Tantanali marosim yakshanba kuni Lissabonda bo`lib o`tdi. Futbolchiga tegishli ilk mehmonxona Ronalduning ona shahri Funshaleda faoliyat yuritadi. 

Ikkita mehmonxona “Real” hujumchisi va Pestana mehmonxonalar guruhiga tegishli.

Yangi 4 yulduzli mehmonxona 82 ta xonani o`z ichiga oladi.

31 yoshli Ronaldu futboldan tashqari faoliyati haqida o`ylab ko`rishi kerakligini aytdi. Mehmonxonalar tarmog`i esa uning orzusi.

Krishtianu Ronaldu: “Bu hayotimdagi ajoyib onlardir, sababi faqat futbol uchun yashash mumkin emas. Albatta, futbol – bu mening jonu dilim, ammo kelajak haqida ham o`ylash kerak. Mening hisobimda juda ko`p vaqt yo`q, yana o`n yillar futbol bilan shug`ullanishim mumkin.”

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!