Belarus Respublikasida Ravon brendi taqdimoti o`tkazildi

17:34, 04 oktabr

GM Uzbekistan 30 sentyabr kuni Belarus Respublikasida Ravon brendi taqdimotini o`tkazdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda

Belarusda yangi brendning R2, Nexia R3 va Gentra modellari taqdim etildi. Joriy yilning oxirigacha R4 modeli ham etkazilishi kutilmoqda.

2016 yilning so`nggiga qadar kompaniya dilerlik tarmog`ini MDH mamlakatlari bo`ylab kengaytirishni reja qilgan. Xabarga ko`ra, oktyabr-dekabr oylarida Ozarbayjon va Turkmanistonda ham brendning taqdimoti o`tkazilishi rejalashtirilgan.

2017 yilda GM Uzbekistan har bir mamlakatdagi hududiy dilerlik tarmoqlarini kengaytirishni davom ettiradi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!