Bugun O`zbekiston va Eron bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi

10:11, 05 oktabr

Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi, uchinchi turi doirasidagi O`zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tadi.

5 oktyabr, soat 11:00da Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush jurnalistlar savollariga javob beradi. O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirokidagi anjuman esa 11:30da start oladi. Tadbir “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida o`tkaziladi.

Anjumandan so`ng, akkreditasiyadan o`tgan matbuot vakillariga media-tribuna chiptalari beriladi.

Shuningdek, ertaga – 5 oktyabr kuni O`zbekiston va Eron terma jamoalari “Bunyodkor” stadionida o`yin oldi rasmiy mashg`ulotlarini o`tkazadi. Eron terma jamoasi mashg`uloti 17:00da, O`zbekiston mashg`uloti esa 18:00da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!