Koma holatiga tushgan kamerunlik sobiq futbolchining ahvoli yaxshilandi

10:33, 05 oktabr

Boshidan insultni o`tkazib, koma holatiga tushib qolgan Kamerun terma jamoasining sobiq himoyachisi Rigober Songkomadan chiqqani va holati yaxshilangani ma`lum bo`ldi.  Bu haqda iSport.ua xabar bermoqda.

40 yoshli Songni davolayotgan shifokor uning holati barqarorlashganini aytib o`tdi. Yaqin kunlarda sobiq futbolchi Fransiyadagi maxsus shifoxonaga yotqizilib, tiklanish jarayonini davom ettiradi.

Ma`lumot uchun, Rigober Song Kamerun terma jamoasida 130 o`yin o`tkazib, bu borada rekordchi hisoblanadi. Bundan tashqari sobiq futbolchi  1994, 1998, 2002 va 2006 yillarda o`tkazilgan Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!