Piyoda yurishning 7 ta davosi

10:44, 05 oktabr

10 daqiqa: gipertoniya bezovta qilmaydi!

Bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurishni odat qilsangiz, qon bosimingiz me`yorda bo`ladi.

15 daqiqa: badantarbiya

Tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 odim tashlasangiz, 15 daqiqadan 100 kkal.dan xalos bo`lasiz! Mana, sizga ozishning arzon va qulay usuli!

20 daqiqa: xotirjamlikka erishasiz!

Asabiy ish kunining «yuk»laridan xalos bo`lmoqchimisiz? Unda har kuni 20 daqiqagina piyoda yuring. Natija sizni, albatta, xursand qiladi. Yana chekishni tashlashni istaganlar, xumor tutganda, 20 daqiqa piyoda yursalar, bu xohish ayni shu daqiqalarda o`z-o`zidan yo`qolarkan.

25 daqiqa: kayfiyatingiz ko`tariladi!

Toza havoda, hatto, yomg`irli kunda, yolg`iz yoxud ko`ngilga yaqin insoningiz bilan atigi 25 daqiqagina sayr qilsangiz, shirin xotiralarni eslaysiz, qalbingiz yangi va ezgu orzularga to`ladi. Natijada o`zingizni baxtli his qilasiz. 

35 daqiqa: stressga qarshi!

Tushkunlikni engish uchun vaqtingizni ayamang! Axir sizdan nima ketdi? 35 daqiqa toza havoda sayr etsangiz bas!

 45 daqiqa: shamollashga yo`q deymiz!

Amerikalik olimlar 45 daqiqa davomida marafonda qatnashgan ishtirokchilarning 50 foizi shamollashni engib o`tishganini ta`kidlashadi. Chunki aynan piyoda yurganimizda mikroblar va viruslar taslim bo`larkan. Demak, ayni kunlarda sayr qilishni unutmang!

60 daqiqa: yurakka foyda

Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kishilar yurak xastaliklariga kamroq duchor bo`lisharkan. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!