«Syurpriz» Zar qog`ozdagi taom

11:31, 05 oktabr

Zarur masalliqlar: 500 gr. tovuq go`shti (bir butun bo`lak), 150-200 gr. pishloq, 50 ml. smetana, 2-3 dona pomidor, 1-2 bosh piyoz, 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 choy qoshiq xantal, tuz, murch, ziravorlar, limon sharbati.

Tayyorlanishi: 1. Smetanaga xantal, tuz, murch va ziravorlarni solib, yaxshilab aralashtiring. So`ngra ezilgan sarimsoqpiyoz va limon sharbati qo`shing.

2. Tovuq go`shtini terisidan ajrating. Bir-ikkita joyini pichoq bilan engil kesing. So`ngra sousni surtib, iloji bo`lsa, biror soat muzlatkichda qoldiring.

3. Piyozni halqa shaklida to`g`rab, tovuq go`shti ustidan qo`yib chiqing. Ustidan halqa shaklida to`g`ralgan pomidor bo`laklarini joylang. Zar qog`oz (folga)ga o`rab, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 45 daqiqaga qo`ying. Belgilangan vaqt o`tgach, zar qog`ozni ochib, yuziga qirg`ichdan o`tkazilagn pishloqni seping-da, yana yopib, 10 daiqaqa gaz pechida qoldiring.

4 kishilik

2 soat

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!