Ikki futbol afsonasi bir-biriga qarshi bahs olib boradi

11:51, 05 oktabr

Italiyaning “Stadio Olimpiko” stadionida 12 oktyabr kuni yaqin o`tmishning futbol afsonalari ishtirokida xayriya uchrashuvi bo`lib o`tadi.

Mazkur xayriya o`yinida Ernan Krespo, Ronaldino, Roberto Karlos, Janluka Zambrotta kabi sobiq futbolchilar,  mutaxassis Fabio Kapello ishtirok etadi. Ammo kechaning yulduzlari “Roma” afsonasi Franchesko Totti va Argentina futbolining yorqin namoyondasi Diego Maradona bo`ladi.

Italiyalik futbol muxlislari uchun mazkur futbolchilarning bir-biriga qarshi o`yini ayniqsa qiziq bo`ladi. 1980-yillar yarmida Maradona “Napoli”da to`p surgandi, Totti esa hamon “Roma” safida o`ynamoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!