Hindistonda mamlakat bosh vaziriga tahdid qilgan kabutar hibsga olindi

12:36, 05 oktabr

Pokiston bilan chegarada hindistonlik polisiyachilar mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga tahdid xati olib uchayotgan kaptarni ushlab olishdi.

Maktubda shunday deb yoziladi: «Bizni 1971 yildagi (o`sha yilda Hindiston va Pokiston o`rtasida urush bo`lgan) odamlar deb o`ylamang. Endi har birimiz kurashga tayyormiz, hatto bolalar ham Hindistonga qarshi».

Qushni Pokiston bilan chegaraga yaqin joyda yashayotgan 14 yoshli bola topib olgan. U topilmani polisiyaga eltib berdi. Qushning ichida shubhali narsa ko`rinmadi, ammo raportda uni «josuslikda gumon qilishdi». Ayni damda polisiya voqeani o`rganishda davom etmoqda.

Bir yil oldin ham Hindistondan kabutar topib olingan. Unda polisiya qushni josuslikda ayblash uchun dalillar topa olishmagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!