Samvel Babayan: Balki ertaga Odil Ahmedov maydonga ham tushar

12:51, 05 oktabr

Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o`tkazildi. Anjumanning ikkinchi qismida O`zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning ertangi o`yin borasidagi savollariga javob berdi.

“Ertaga uchinchi bosqichningn uchinchi turida guruh favoritiga qarshi maydonga tushamiz. Bu jamoa bejizga Osiyo reytingida birinchi o`rinni egallab turgani yo`q. Jamoa tarkibida Evropa klublarida faoliyat yuritadigan ko`plab futbolchilar bor. Biz raqibni yaxshi o`rganib chiqdik. Ular haqida etarlicha ma`lumotga egamiz va jamoaertangi o`yinga to`liq tayyor.

Odil Ahmedov Evropa ligasi doirasidagi o`yinda jaroxat olgandi. Ammo uning tiklanish jarayoni tez va ko`ngildagidek o`tmoqda. Balki ertaga u maydonga ham tushar.

O`zbekistonning Qatarga qarshi o`yinida o`ng qanot himoyasida ko`plab muammolarga duch kelganimiz rost. O`ng qanotda to`p surgan Islom To`xtaxo`jaev aslida markaziy himoyachi edi va u yangi ampluasiga moslashib boryapti. Muhimi u o`z xatolarini tushunib, keyingi o`yinlarda uni takrorlamaslikka urinyapti. U tez orada O`zbekistonning eng yaxshi o`ng qanot himoyachisiga aylanadi.

Meni eng havotirga solayotgani - tarkibdagi muammolar. Odil Ahmedovning optimal holatda emasligi bizni o`ylantirayotgan asosiy jihat.

Eronni o`rganish jarayonida jamoaning O`zbekistonga qarshi avvalgi o`yinlarini ham o`rganib chiqdik va aytishim mumkinki, ularning o`yin falsafasi o`zgarmagan.

Terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchilar – hozirda O`zbekistonning eng yaxshi futbolchilaridir. Jaloliddin Masharipov haqida esa shuni aytishim mumkinki, u terma jamoa safida bo`lishga munosib ekanligini isbotladi va shuning uchun ham u shu erda”, – deydi Samvel Babayan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!