Karlush Keyrush: Bizni guruhdagi eng kuchli jamoaga qarshi o`yin kutib turibdi

14:28, 05 oktabr

Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi doirasidagi O`zbekiston – Eron uchrashuvi oldidan matbuot anjumani o`tkazildi. Unda dastlab Eron bosh murabbiyi Karlush Keyrush savollarga javob berdi.

"O`zbekiston mamlakatiga, O`zbekiston Futbol Federasiyasi, o`zbek jurnalistlariga salomlarimni yo`llayman va bizga ko`rsatilayotgan e`tibor uchun minnatdorchiligimni bildiraman. Toshkentga uchinchi marta Eron murabbiyi sifatida keldim. Bundan juda xursandman. Ertaga guruhimizdangi eng yaxshi jamoaga qarshi o`ynaymiz. Sababi O`zbekiston dastlabki 2 turdan so`ng, guruh peshqdami bo`lib turibdi. Umid qilamanki, bizdan kutilayotgan ijobiy natijani Eronga olib borishga harakat qilamiz

Jarohatlar futbolning ajralmas qismi. Terma jamoada Dejaga, Jahonbaxsh yoki Shojaidan kuchliroq yulduz bor. Bu yulduzning nomi - jamoa. Bu futbolchilar haqida ikkita xabar aytishim mumkin. Biri yaxshi va biri yomon. Yaxshisidan boshlayman: ertaga bu futbolchilar maydonga tushishga tayyor. Bu – Eron exey yaxshi xabar. Yomon xabar: bu futbolchilar ertaga maydonga tushishga tayyor. Bu -  O`zbekiston uchun yomon xabar.

Eron terma jamoasida hozir juda kuchli futbolchilar jamlangan va termaga chaqiruv olgan barcha futbolchilar istalgan vaqtda jamoaga yordam berishga tayyor.

Bugungi kunda Eronda futbolchilar borasida muammo yo`q. Bu mamlakatda futbol yildan yilga o`sishga erishmoqda. Men termaga kelganimda bir nafar futbolchi Evropa klublarida o`ynardi. Hozir esa 11 nafar futbolchimiz Evropa qit`asida o`ynamoqda”, - deydi Karlush Keyrush.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!