Toshkentdagi er usti tezyurar metrosi 6 ta bekatdan iborat bo`ladi(Foto)

15:54, 05 oktabr

Toshkentning Sergeli tumanida jami uzunligi 8 kilometrdan ziyod bo`lgan oltita metro bekati quriladi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Bekatlar yo`l sathidan olti metr balandlikda joylashadi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan «Olmazor» metro bekatigacha bo`lgan oraliqda joylashadi.

«Loyiha ustida ishlar davom etmoqda. Metro, shuningdek, ko`p qavatli uylar va avtomobil yo`llari qurishni shu yildayoq boshlash rejalashtirilgan», — dedi tuman hokimi.

Uning so`zlariga ko`ra, bularning barchasi to`rt yil ichida qurib bitkaziladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, O`zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoev 25 sentyabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida bo`lib, aholi vakillari va shahar rahbarlari, mutasaddilar ishtirokida uchrashuv o`tkazgan va er usti tezyurar metro qurilishini loyihalashtirishni jadallashtirish vazifalarini belgilab bergan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!