Hindistonda 2 boshli chaqaloq tug`ildi

16:07, 05 oktabr

Hindistondagi Jawaharlal Nehru Medical College shifoxonasida ikki boshli chaqaloq tug`ildi, deb xabar beradi “Vesti”.

Chaqaloq tug`ilishi bilan ona va bola shifoxonadan chiqib kteishgan. Bu esa chaqaloqning o`limiga sabab bo`lgan. 
 
Chaqaloqni 20 yoshli ayol dunyoga keltirdi. Bola sog`lom tug`ilgan, biroq uning nafas olish tizimida muammolar bo`lgan. Shifokorlar uni jarrohlik yo`li bilan ajratmaslikka qaror qildi. Sababi chaqaloqning hamma a`zolari ikkitadan bo`lsa ham, ular bir tanada joylashgan edi. Bunday egizaklarni esa jarrohlik yo`li bilan ajratib bo`lmaydi. Chaqaloq tug`ilishi bilan jonlantirish bo`limiga yotqizilgan. Afsuski, uning ota-onasi ogohlantirishlarga qaramasdan shifoxonadan chiqib ketganligi uchun u tezda vafot etdi.    

Avvalroq, Bangladeshda 80 yoshli qariyani eslatuvchi bola tug`ilgani haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!