Nilufar Usmonova o`zi haqidagi mish-mishlarga ishonmaslikka chaqirdi

16:32, 05 oktabr

Xonanda Nilufar Usmonova ko`krak bezi saratoniga qarshi kurash kuni munosabati bilan tashkil etilgan loyihada ishtirok etayotganini ma`lum qildi. Nilufar o`z navbatida muxlislaridan salomatligi haqidagi mish-mishlarga e`tibor bermaslikni so`radi. 

“Aziz muxlislarim, meni bu suratda ko`rib, kasal ekan deb o`ylamang. Bu loyiha uchun atayin taklif qilinganman, xolos. Sizning erka san`atkoringiz soppa-sog`. Har xil mish-mishlarga ishonmang! Hech kim kasal bo`lmasin! Dardi borni Allohim shifosini bersin!”,—deya muxlislariga murojaat qildi xonanda. 

Avvalroq, Nilufar Usmonova to`rtinchi farzandiga homilador ekanligi bilan bog`liq savolga javob bermagan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!