Rayhon Yigitali Mamajonov ishtirokidagi videoga izoh qoldirdi

21:27, 05 oktabr

Aktyor Yigitali Mamajonov 2 oktyabr kuni Instagram’dagi sahifasida e`lon qilgan videorolikka, aktyorning ko`plab muxlislari qatorida, uning sobiq turmush o`rtog`i, xonanda Rayhon ham munosabat bildirdi.

Yigitali Mamajonov Instagram’da qoldirgan izohga ko`ra, videolavha 2015 yil 7 oktyabr kuni, rejissyor Andrey Arutyunov rahbarligida suratga olingan. Xivadagi tarixiy obidalar ichida olingan rolikda aktyor murakkab jangari va parkur harakatlarini, tan olish kerak, mahorat bilan amalga oshirganini ko`rish mumkin.

Mazkur videolavhaga Yigitali Mamajonovning sobiq turmush o`rtog`i, xonanda Rayhon G`anieva: «Juda zo`r. Barakalla, Yigitali», — deb munosabat bildirgan. Bunga javoban Yigitali: «Rayhon, rahmat!», — deb javob qaytargan.

Rayhon G`anievaning-da olqishiga sazovor bo`lgan ushbu videolavha qachon, qaerda, nima uchun olinganini bilish maqsadida Daryo.uz nashri aktyor bilan bog`landi.

«Bu qisqa metrajli film. Unda boshqa bir aktyorning o`rniga dublyorlik qilganman. Ushbu film ‘Oyqiz ertagi’ tarixiy ertak-filmining suratga olish ishlari oxirida suratga olingan edi», — dedi Yigitali Mamajonov.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!