O`zbekiston hamda Eron terma jamoalarining 23 futbolchilik tarkiblari

06:27, 06 oktabr

Bugun, 6 oktyabr kuni Jahon chempionati 2018 saralashining uchinchi bosqichi, uchinchi turi doirasida O`zbekiston milliy terma jamoasi “Bunyodkor” stadionida Eronni qabul qiladi.

Ushbu o`yin uchun har ikki jamoa bosh murabbiylari 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibni ma`lum qilishdi. O`zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o`yin uchun 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To`xtaxo`jaev (“Lokomotiv”), Egor Krimes (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Vitaliy Denisov (“Lokomotiv”, Rossiya), Davron Xoshimov (“Paxtakor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Anzur Ismoilov (“Changchun Yatay”, Xitoy), Stanislav Andreev (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov (“Krasnodar”, Rossiya), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Aziz Haydarov (“Ash Shabob”, BAA), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev ('“Lokomotiv”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Sardor Rashidov (“Al Jaish”, Qatar), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Jasur Hasanov (“Qizilqum”) Eldor Shomurodov ("Bunyodkor").

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Beyjing Guoan”, Xitoy), Aleksandr Geynrix (“Ordabasi”, Qozog`iston).

Eron milliy terma jamoasining Eronga qarshi o`yin uchun 23 futbolchidan iborat yakuniy tarkibi:

Darvozabonlar: Alirizo Haqiqiy (“Maritimo”, Portugaliya), Alirizo Biyronvand (“Persepolis”, Eron), Muhammadrizo Axboriy (“Traktorsoziy”, Eron).

Himoyachilar: Vuriya G`ofuriy (“Istiqlol”, Eron), Ramin Rizoiyon (“Persepolis”, Eron), Milod Muhammadiy (“Terek”, Rossiya), Jalol Hussayniy (“Persepolis”, Eron), Murtazo Puraliganjiy (“As Sadd”, Qatar), Muhammad Ansoriy (“Persepolis”, Eron).

Yarim himoyachilar: Ehson Hojisafi (“Sepohon”, Eron), Umid Ibrohimiy (“Istiqlol”, Eron), Sayid Izzatullohiy (“Rostov”, Rossiya), Andronik Teymuryan (“Moshinasoziy”, Eron), Mehdi Turobiy (“Saypa”, Eron), Alirizo Jahonbaxsh (“AZ-Alkmaar”, Niderlandiya), Vohid Amiriy (“Persepolis”, Eron), Mehdi Torimiy (“Rizaspor”, Turkiya), Ashkan Dejaga (“Al-Arabiy”, Qatar), Ma`sud Sho`jaiy (“Panionios”, Gresiya), So`rush Rafeiy (“Traktorsoziy”, Eron).

Hujumchilar: Sardor Azmun (“Rostov”, Rossiya), Karim Ansorifard (Panionios, Gresiya), Rizo G`uchannajod (“Herenven”, Niderlandiya).

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!