Luis Suares “Barselona” bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytiradi

08:36, 06 oktabr

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar safida uzoq muddatga qoladigan bo`ldi. Bu haqda Mundo Deportivo nashriga tayanib, “iSport.ua” xabar bermoqda.

Avvalroq kataloniyaliklar Neymar, Serxio Buskets va Maskerano bilan shartnomani uzaytirgandi. Navbat ugurvaylik futbolchiga keldi. “Ko`k-anor ranglilar” Suaresning kelishuvini 2021 yilgacha uzaytirib, yillik maoshini 16 million evrogacha ko`taradi.

O`tgan mavsumda 29 yoshli futbolchi 40 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. EChL bahslarida esa u 8 ta gol kiritgan. Joriy mavsumda jami 8 o`yinda ishtirok etgan Luis Suares 7 ta gol muallifiga aylandi.

Eslatib o`tamiz, Luis Suaresning hozirgi maoshi yiliga 10 million evroga teng. Yangi shartnoma imzolangan u Neymar kabi maosh oladi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!