Yuz terisi mudom yosh bo`lishining 4 qoidasi

09:31, 06 oktabr

Qorin bilan uxlamang! Shuningdek, katta hajmli yostiqlardan voz keching. Tunda barcha a`zolar kabi yuz va bo`yin terisi ham dam olishi shart. Katta yostiq yoki qorin bilan uxlaganingizda bo`yin terisi cho`zilib, erta ajinlar tushishiga sabab bo`ladi. Yuzni yostiqqa bosib yoki ko`rpaga boshni burkab uxlaganda yuz terisi nafas olmay qoladi. Ertalabga qadar shishlar paydo bo`lishi ham mumkin.

 

To`yib uxlang! Yuz terisi hujayralari, shuningdek kollagen moddalari faqatgina tunda qayta tiklanadi. Faqat buning bir sharti bor: siz tungi soat 11 ga qadar uxlagan bo`lishingiz lozim.

 

To`g`ri ovqatlaning, ya`ni vitamin, antioksidant hamda minerallarga boy eguliklarni iste`mol qiling. Keksalikka qarshi kurashuvchi mahsulotlar sirasiga sabzi, pomidor, ko`katlar, sut, tvorog, tuxum, jigar hamda turli bo`tqalar kiradi.

 

Ko`k choy va mevali sharbatlar iching. Yangi tayyorlangan sharbatlarda teri uchun kerakli vitaminlar mavjud. Ko`k choy esa tonusni saqlash, qon aylanishini tezlashtirish va teri nafas olishiga yordam beradi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!