Ozdiruvchi, yoshartiruvchi, tinchlantiruchi shirinliklar

09:41, 06 oktabr

Holva

Organizmni qarishdan asraydi. Tarkibidagi A, E va V guruh vitaminlari teriga ijobiy ta`sir ko`rsatadi, yurak–qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi. Quruq terilar uchun kosmetik vosita sifatida niqoblar tayyorlab, ishlatish ham mumkin.

Asal

Shakarga nisbatan kam kaloriyali. Shakarli shirin choy o`rniga asalli ichsangiz, ham sog`liqqa, ham qomatga foydali. Chunki bu mahsulotda organizm uchun zarur bo`lgan vitamin, mineral va aminokislotalar mavjud. Yagona sharti, tabiiy asal iste`mol qilish.

Meva va rezavorlar

Vitaminlar, mikorelementlar, minerallarga boyligi sabab ular salomatlik va go`zallik uchun beqiyos boylik hisoblanadi. Tarkibidagi efir yog`lari, oqsil, uglevod va klechatkalar sog`ligingiz garovidir. Yana sir emaski, ozish istagidagilar uchun ham bu shirinliklar qo`l keladi.

Shakar sepilgan meva po`stlog`lari (sukat)

Tabiiy toza mahsulot tarkibida vitaminlar, beta-karotin, askorbin kislotasi mavjud bo`lib, ularni iste`mol qilish charchoqni engadi, asabni tinchlantiradi, xotirani mustahkamlaydi. Buning ustiga, kam kaloriyali mahsulot hisoblanadi.

Qora shokolad

Kaloriyasi va shakar miqdori kamligi sabab ham boshqa tur shokoladlarga qaraganda foydalidir. Kalsiy, oqsil, temir, magniy va vitaminlarga boy. Eng muhimi, ortiqcha kilogrammlarga sabab bo`lmaydi.

Murabbo

To`g`ri tayyorlangan murabbolar salomatlik uchun koni foyda. Ayniqsa, qorag`at, malina, yong`oq murabbolari xastaliklarni davolashda yaxshi samara beradi.

Zefir

Boshqa shirin pishiriqlarga qaraganda zefir kam kaloriyali. Tarkibidagi temir, fosfor va oqsillar mushak to`qimalarini mustahkamlaydi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!