Xonanda Umar Shamsiev uchinchi bor ota bo`ldi

09:51, 06 oktabr

Xonanda Umar Shamsiev uchinchi bor otalik baxtiga sazovor bo`ldi.  
Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda. 
 
“5 oktyabr kuni ertalab, soat roppa-rosa 8:00 da oilamizga yana bir mehmon tashrif buyurdi. Ikki o`g`ildan so`ng Xudo menga qiz farzand nasib etdi. Xudoga shukr, ayolim ham, qizim ham sog`-salomat”, — deydi xonanda Umar Shamsiev.

Ma`lumot uchun, Umar Shamsiev 2008 yilda oila qurgan bo`lib, uning 6 yoshli Usmonjon va 3 yoshli Imronshoh ismli o`g`il farzandlari ham bor.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!