“Barselona” himoyachisi Xitoyga yo`l olishi mumkin

09:52, 06 oktabr

“Barselona” jamoasi himoyachisi Xaver Maskerano o`z faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Tajribali Maskeranoning xizmatlariga bir nechta Xitoy klublari qiziqish bildirgan. Transfer kelayotgan qishda amalga oshirilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, “Barselona” rahbariyati o`z navbatida argentinalik 32 yoshli futbolchining bilan xayrlashmoqchi emas. Yaqindagina klub u bilan yangi shartnoma imzolagandi.

Shungaqaramay, kataloniyaliklar uning yoshini inobatga olib, uning o`rnini bosa oladigan futbolchi qidirmoqda. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!