10:12, 06 oktabr

Nemis polisiyachilari ota-onasi tomondan 30 yil mobaynida uy qamog`ida saqlangan erkakni ozod qildi, deb xabar qildi “Lenta.ru” nashri.

Mazkur tadbir 21 sentyabr kuni o`tkazilgan bo`lsa-da, bu haqda endi ma`lum qilindi.

43 yoshli Markus Bavariyaning Frayenfels qishlog`ida yashagan. Polisiyaning taxmin qilishicha, uning ota-onasi 79 yoshli Ervin va 76 yoshli Valtrudlar farzandini uy qamog`iga hukm qilgan. Ular o`g`lini noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum etganlikda gumonlanmoqda.

Ammo er-xotinning ma`lumot berishicha, o`g`illari 1984 yildan boshlab, maktabda bolalar masxara qilgani uchun ko`chaga chiqmay qo`ygan. “O`g`lim ruhiy azoblardan juda qiynalib ketdi. Uni har doim maktabga borishga undaganmiz, ammo u aytganimizni qilmadi. Bizning yonimizda bo`lish uchun hech qaerga chiqmadi”, deydi onasi Valtrud. Umumiy hisobda Markus 32 yil umrini to`rt devor orasida o`tkazgan.

Polisiyaning aniqlashicha, qishloq aholisi Markusning ahvolidan xabardor bo`lsa-da, ammo bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bermagan. Markus haqida polisiyachilar qishloqqa yangi ko`chib kelgan odamdan eshitgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!