2017 yilning Navro`z bayramigacha Samarqandda tramvay paydo bo`ladi

10:13, 06 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakatimiz Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, sanoat, qishloq xo`jaligi va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida shu yilning 5 oktyabr kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. 

Tashrif chog`ida Shavkat Mirziyoev Samarqand shahri transport tizimini yanada yaxshilash, zamonaviy tramvay liniyalarini barpo etish lozimligiga e`tibor qaratdi. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, tramvayning ekologik toza transport vositasi sifatida atrof-muhitga ta`siri kamligini qayd etarkan, bu loyihani sifatli bajarish, 2017 yilning Navro`z bayramigacha yakunlash zarurligini ta`kidladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!