Rossiyalik ayol xiyonatkor erini sudga berdi

10:55, 06 oktabr

Rossiyaning Tula viloyatida yashovchi ayol xiyonat qilgani uchun erini sudga berib, ma`naviy zarar etkazgani uchun undan 500 ming rubl undirishni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Ismi-sharifi sir tutilgan ayolning arizasini Suvorov tuman sudi ko`rib chiqadi. Ayol arizasida, erining yashirincha boshqa ayol bilan uchrashganini, oqibatda farzandli bo`lganini bayon qilgan. Shundan keyin erkak xotinidan ajrashishga qaror qilgan.

Erining xiyonatidan ayol ma`naviy jarohat olgan va jisman qiynalgan. Shundan keyin yuragi og`rib, uyqusizlik, bosh aylanish kasaliga chalingan, qo`rquv va xavotir hissidan qutula olmagan. Ayol gapining isboti sifatida eri tashlab ketgandan keyin kasalxonada yotganligini to`g`risidagi ma`lumotnomani taqdim etgan. 

Manbaning ma`lumot berishicha, da`vo arizasi qonuniy chora ko`rish uchun Suvorov tuman sudida yagona sudya ayol bo`lgan Regina Myasoedovaga topshirilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!