Xitoylik fokuschilar 1 daqiqada bir necha marta kiyim almashtirib, rekord o`rnatdi (video)

11:00, 06 oktabr

Xitoylik fokuschi yordamchisi bilan bir daqiqada bir necha marotaba kiyim almashtirib, dunyo rekordini yangiladi va Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Xubey viloyatida o`tkazilgan shouda suratga olingan voqea aks etgan video YouTube-kanaliga joylashtirilgan. Besh kun mobaynida videorolik 710 marotaba tomosha qilingan.

Videoga izoh berilishicha, fokuschi bir daqiqada 19 marotaba kiyim almashtirgan. Ilgari 17 marotaba kiyim almashtirilib, rekord qo`yilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!