Farg`ona viloyatida talonchi qo`lga olindi

11:07, 06 oktabr

Farg`ona viloyati Marg`ilon shahar ichki ishlar bo`limiga shu tumanda yashovchi 30 yoshli fuqaro murojaat qilib, noma`lum shaxs istirohat bog`i hududida uning qo`lidan “Samsung" rusumli qo`l telefoni tortib olib, voqea joyidan yashiringanligini ma`lum qilgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu talonchilik jinoyatini shu shaharda yashovchi 34 yoshli fuqaro sodir etganligi fosh etilib, qo`lga olindi.
 

Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!