Leonardo Di Kaprio Oq uyda AQSh prezidenti bilan uchrashdi

11:16, 06 oktabr

Leonardo Di Kaprio Oq uyda AQSh prezidenti Barak Obama bilan bo`lgan uchrashuvda global isish haqida olingan hujjatli filmini namoyish qildi, deb xabar berdi “Lady.mail.ru” nashri.

Dunyo OAVlari Leonardo Di Kaprioning ma`shuqasi Nina Agdal bilan bo`ladigan to`yi haqida taxmin qilish bilan ovora bo`lgan bir paytda, aktyor boshqa jiddiyroq masalalar bilan shug`ullanishni ma`qul ko`rdi.

Uchrashuvda mamlakatda ekologik ahvolni yaxshilash, iqlim o`zgarishining odamlarga ta`siri haqida so`z yuritildi.

Di Kaprio dunyoning mashhur odamlari bilan global isish haqida suhbatlashgani aks etgan hujjatli filmni AQSh prezidenti Barak Obama va Rim papasi hukmiga havola etdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!