Azamat Ahrorov 180 million so`mlik “Notanish qotil” uchun uyini garovga qo`ydimi?

11:30, 06 oktabr

Sentyabr oyida aktyor va rejissyor Azamat Ahrorovning jangari janrda suratga olingan «Notanish qotil» nomli filmi premerasi bo`lib o`tdi. 

Mish-mishlarga ko`ra, mazkur filmni suratga olish uchun aktyor uyini ham garovga qo`ygan. Ushbu gap-so`zlarga oydinlik kiritish uchun Daryo.uz nashri Azamat Ahrorov bilan bog`landi.

“Hech bir filmimga bu qadar katta mablag` ketmagan. Aktyorlarning gonarari, qimmat avtomobillar va uylarning ijara haqi, film 4K formatda suratga olingani, tasvirga olish jarayonining cho`zilib ketgani uchun ham juda katta mablag` sarflandi. Film uchun, taxminan, 170—180 million so`m sarflandi. Buncha mablag`siz bu filmni suratga olib ham bo`lmasdi. O`zimga yoqqan mavzuda film olish uchun bor narsamni o`rtaga qo`yib bo`lsa-da ishga kirishaman. Ammo uyimni garovga qo`yganim yo`q. «Notanish qotil» homiylar ko`magi bilan suratga olindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!