«Yarim oy» kulchasi - ichida mevasi bor!

11:43, 06 oktabr

Zarur maslaliqlar: xamiriga: 2 piyola un, 75 gr. muzlatilgan sariyog`, yarim stakan smetana, yarim piyola suv, 4 choy qoshiq limon sharbati, tuz; ichiga solishga: 700 gr. biror xil meva, 4 osh qoshiqdan un va shakar, yarim choy qoshiq vanilin, tuxum sarig`i, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Muzlatilgan sariyog`ni maydalab to`g`rang-da, ozgina un bilan aralashtirib, 1 soatga muzlatkichga qo`ying. So`ngra qolgan unga tuz qo`shib, sariyog`li aralashmani ham uvadalab soling. Smetana, limon sharbati va suv solib, xamir tayyorlang. Xamirni sellofan paketga o`rab, 1 soatga muzlatgichga qo`ying. Keyin 3 mm. qalinlikda yoyib, aylana shakllar kesib oling. Aylana shakldagi xamirlarni sellofanga o`rab, yana yarim soat muzlatkichda qoldiring.

2. Mevani maydalab to`g`rang. Un, shakar, tuz, vanilin solib, aralashtiring.

3. Xamirlarni muzlatkichdan olgach, har birining ichiga 2-3 choy qoshiqdan mevali aralashmadan soling-da, yarim oy shaklida tuging. Sanchqi bilan chetiga naqsh berib, perganment qog`oz ustiga terib chiqing. So`ng ustini sellofan bilan yopib, yarim soatga muzlatkichda qo`ying. Shundan keyin yuziga tuxum sarig`i surtib, 190 darajada qizdirigalgan gaz pechiga qo`yasiz. 20 daqiqa o`tgach, yuziga qand upasi sepib, yana 15 daqiqa gaz pechida qoldiring.

4 kishilik

3 soat

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!