Toliqishni engish uchun 4 mahsulot

12:10, 06 oktabr

Olma kversetinga boy bo`lib, charchoq hissini engish uchun asqotadi. Ayniqsa diqqatni jamlay olmaslik qiynayotganida olma iste`mol qilish lozim.

Kun davomida tik oyoqda yurib, uyga qaytdingiz. Muzlatgichingizda 1 dona banan topilsa, ovqatdan oldin eb oling. Banan qo`l-oyoq mushaklariga kuch beradi.

Bolalarni uxlatib, allamahalgacha hisobot tayyorladingiz. Ertasiga esa tungi bedorlik yuz-ko`zingizdan bilinib turadi. Bunda sizga 2 dona qaynatilgan tuxum iste`mol qilish yordam beradi.

Sumkangizda mayiz, bodom yoki eryong`oq bo`lishi lozim. Ishda biroz toliqqanday bo`lsangiz, tanovul qilib olsangiz bo`lgani.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!