IShID mushuklarga qarshi urush e`lon qildi

12:13, 06 oktabr

Iroqning Mosul shahrini o`z nazoratida ushlab turgan IShID odamlar qolib, endi mushuklarga qarshi urush e`lon qildi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Bunga terrorchilik guruhi rahbariyati tomondan shahar aholisiga uylarida mushuk saqlash mumkin emasligi to`g`risidagi berilgan fatvo sabab bo`ldi. Iroq OAVlarining ma`lumot berishicha, qarorning bajarilishi yuzasidan terrorchilar odamlarning uyini tekshirish bo`yicha maxsus tadbir o`tkazishadi. Jangarilarning odamlarga nisbatan beshafqatligini aytadigan bo`lsak, mushuklarni yaxshilik kutmayotgani hech kimga sir emas. 

Hozirda Mosul shahrida ikki millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Oziq-ovqat mahsulotlari juda tanqis va qimmat. Buni e`tiborga olgan jangarilar odamlarning mushuklarni ko`paytirib, iste`mol qilmasliklarining oldini olish maqsadida fatvo berganligi taxmin qilinmoqda. 

Ilgarilari IShID a`zolarining mushuklarga nisbatan nafrati sezilmagan, aksincha ular bilan birga suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishgan.

2014 yildan beri Mosul shahri IShIDning Iroqdagi tayanchi hisoblanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!