Mehnat vazirligida KOICA delegasiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

12:25, 06 oktabr

O`zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligida Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Shik rahbarligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. 

Iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalar hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilmoqda. O`zbekiston Mehnat vazirligi va KOICA hamkorligida “O`zbekistonda kasb ta`limi imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar, ish bilan band bo`lmagan aholi mehnat bozorida talab yuqori bo`lgan kasblarga tayyorlanmoqda. Bu haqda O`zA xabar beradi. Bu yo`nalishda 2012 yilda Toshkent shahrida kasb ta`limi markazi ish boshlagan. O`tgan davrda mazkur markazda ikki mingdan ziyod yoshlar ta`lim oldi va mutaxassisligi bo`yicha ish bilan ta`minlandi. 

Joriy yilda Samarqand shahrida ham hamkorlikda kasb ta`limi markazi ochildi. 

KOICA va O`zbekiston Mehnat vazirligi hamkorligida Urganch, Shahrisabz va Qo`qon shaharlarida ham o`quv markazlari ochilishi rejalashtirilgan.  

Tadbirda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan  O`zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi delegasiyasi mamlakatimizning bir qator vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o`tkazdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!