Rim Papasiga “Barselona” futbolchilari imzosi tushirilgan futbolka hadya qilindi

12:27, 06 oktabr

Rim Papasi Fransiskga Ispaniyaning “Barselona” klubi futbolchilarining imzosi tushirilgan futbolkani sovg`a qilindi. Bu haqda Webola nashri xabar bermoqda.

Rim Papasi  “Mustahkam” nomli dasturni amalga oshirayotgan Ispaniya delegasiyasi bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida delegasiya tarkibida bo`lgan “Barselona” vakili Xordi Kardoner Rim Papasiga futbolkani taqdim qildi.

Qayd etish kerakki, Rim Papasi futbolga qiziqadi. Pontifik Argentinaning “San-Lorenso” klubining ishqibozi hisoblanadi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!