“Arsenal” etakchilari Mesut O`zil va Santi Kasorla o`z ishtirokidagi o`yinni shahrladi (Video)

14:31, 06 oktabr

Londonning “Arsenal” jamoasi yarim himoyachilari Mesut O`zil va Santi Kasorla o`z ishtirokidagi o`yinni sharhladi, deb xabar bermoqda “iSport.ua”.

UnClassic Commentary deb nomlangan loyihada futbolchilar shahrlash davomida hazillar qilib, o`z ustidan ham kuldi. “To`pchilar” a`zolari o`tgan mavsumdagi “Manchester Yunayted”ga qarshi o`yinni sharhlab bordi. O`shanda “Arenal” 3:0 hisobida g`alaba qozongandi.

Mazkur o`yinda Mesut O`zil bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgandi. 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!